11 Oktyabr 2021 yil 43

Denovda avtomashina salonidan telefon va dollar o'g'irlandi

Denov tumanida 2021 yil 30 sentabr kuni uzun tumani "Jonchekka" mahallasida yashovchi, I.Kamol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 20 sentabr kuni Denov tumani "Bahoriston" mahallasi hududida, avtomashinasi salonida turgan "Samsung J-5" markali uyali qo'l telefonini va 100 (bir yuz) AQSh dollarini nomalum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Denov tumanida yashovchi, S.Doniyor tomonidan sodir etilganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 1 oktyabr kuni S.Doniyorovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech