16 Iyun 2022 yil 85

Katta miqdorda giyohvand modda sotilayotganda qo‘lga olindi

“Qora dori-2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbiri davomida IIV TEKKBB xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotga asosan, Denov tumani "Ko‘kabuloq" mahallasida yashovchi fuqaro N.Abu (ism-sharifi o‘zgartirilgan) katta miqdorda giyohvand moddasi oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan 2022 yil 12 iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jarqo‘rg‘on tumani “Paxtazavod” mahallasi hududida soat 12:10 larda fuqaro N.Abu tadbirga jalb qilingan mijozga 10 gramm “Gashish” giyohvandlik moddalarni 3.000.000 so‘mga sotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Fuqaro N.Abu shu zahoti Jarqo‘rg‘on tumani IIB binosiga olib kelinib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi qara rangli sport trikosining o‘ng cho‘ntagidan 14,35 gr “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan fuqaro N.Abuga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech