11 Avgust 2022 yil 40

Qurilish anjomlari o‘g‘risiga jinoyat ishi ochildi

Termiz shahrida 2022 yil 3 avgust kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, shaharning “Guliston” mahallasida yashovchi, R.Kamron (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning “102” xizmatiga qilgan murojaatida, 16 iyul kuni soat 16:00 larda, yashash uyidan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi, Sh.Shodmon, qurilish ishlarida foydalanishi uchun bergan 400.000 (to‘rt yuz ming) so‘mlik 1 dona “Titan” nomli balgarka kesuvchi qurilma, 250.000 (ikki yuz ming) so‘mlik 1 dona “Bosch” nomli drell qurilmasi, 400.000 (to‘rt yuz ming) so‘mlik 1 dona “Maketo” nomli pereforator, 650.000 so‘mlik 1 dona suv nasosini o‘g‘irlab, ketganligini bildirgan. 3 avgust kuni Sh.Shodmonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech