18 May 2022 yil 279

18-may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan sayohatlar o‘tkazildi

Joriy yilning 18-may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati Iichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, ishchi xizmatchi xodimlari va ularning oila a’zolari Termiz shahridagi “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi, Termiz hamda termiziylar merosi tarixi muzeyi va Arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi.

Muzeylarga tashrif buyurganlar u yerda saqlanayotgan qadimiy va milliy qadriyatimizni namoyon ettirgan eksponatlar hamda kashtachilik buyumlari bilan tanishib, muzey xodimlari bilan qizg‘in davra suhbatlar o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 3 ta – Termiz arxeologiya muzeyi, “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda Termiz va termiziylar merosi tarixi muzeyi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech