14 Noyabr 2020 yil 567

3-sektor rahbari jarqo'rg'onliklar bilan uchrashuv o'tkazdi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i A.Ismoilovning navbatdagi sayyor uchrashuvi Jarqo'rg'on tumani "dam" mahallasida bo'lib o'tdi.
Dastlab, sayyor uchrashuvda yoshlar va xotin-qizlarga tadbirkorlikning turli yo'nalishlari bo'yicha tushuncha berildi.
Shundan so'ng, aholining murojaatlari tinglandi. Xususan, Jarqo'rg'on tumani "dam" mahallasida yashovchi fuqaro Eshbaeva Nilufar kredit evaziga tikuv mashinasi olgan. Endi tikuv tsexini rivojlantirishi uchun unga bino zarur. Shu bois u sektor rahbaridan bino ajratilishida ko'mak so'radi. Yodgorova Gulnoza esa o'zining tikuvchilik tsexini rivojlantirish uchun tijorat bankidan imtiyozli kredit olish uchun yordam so'radi. Radjapov Behzod esa yashash uyida kredit asosida xususiy bog'cha ochish niyatida. U ham ushbu masalani ijobiy hal etish bo'yicha murojaat qildi. Sayyor qabulda shu kabi 12 ta murojaat nazorat ostiga olinib, ularning ijobiy hal etilishiga kirishildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech