15 Aprel 2021 yil 1734

Hamkorlikning yangi bosqichi

O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi  Surxondaryo akademik litseyiga yoshlarning Xorijiy tillarni o’rganishida yanada samarali usullaridan foydalanish maqsadida ,Termiz Davlat Universitetida ‘Fullbright’ xalqaro dasturi asosida Xorijiy tillar kafedrasida  faoliyat yuritayotgan o’qituvchi iqtisodiy -geografiya fan doktori Kristofer Koven vaTermiz Davlat Universiteti Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi  N.Madalovlar   ingliz tilida tayorlangan ‘Welcome to our English party’badiiy-ijodiy tadbiriga tashrif buyurishdi.Ushbu tadbirda  Surxondaryo akademik litseyi o’quvchilari tili o’rganalayotgan mamlakat haqida ma’lumotlarni  taqdimot qilib ,ingliz tilida gapirib berishdi.O’quvchilar ingliz tilida she’rlar va qo’shiqlar kuylab tadbir ishtirokchilarida yaxshi ta’assurot  uyg’otishdi.Ayniqsa ,o’quvchilar ijrosida sahnalashtirilgan Izop asarlari va hajviy chiqishlar mehmonlarga  xush kayfiyat bag’ishladi. Tadbir so’ngida Kristofer Koven bilan o’quvchilar o’rtasida savol –javob o’tkazildi,o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarni mehmonga berib, jonli muloqot o’tkazishdi.

Text to speech