19 May 2022 yil 235

Harbiy qismda Vayronkor g‘oyalarga qarshi ma’naviy kurashish! mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19 may kuni Surxondaryo viloyati IIB Terorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Harbiy tuzilmalar bo‘yicha bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida harbiy qism shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Terrorizm, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning ayanchli ko‘rinishlarini oldini olish va ma’naviy tahdidlardan ogohlantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, xalqaro terrorizm kabi daxshatli xavf tobora kuchayib borayotgan bir vaziyatda el-yurtimizning tinchligi va osoyishtaligini saqlash, uni turli balo-qazolardan asrash, har bir oilada va fuqarolarimizning bugungi kundagi o‘ta muhim va eng dolzarb vazifalar, terrorizm, diniy ekstremizm va aqidaparastlik kabi oqimlar nomlar ostida ish yurituvchi kimsalarning asl maqsadlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek tadbirda, Vatanga qasamyodga sodiq bo‘lish shu bilan birga xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasdan barcha birdek xizmat qilishga ma’sul ekanligi ta’kidlandi.
Text to speech