13 Fevral 2021 yil 567

Bobur tavalludining 538 yilligi munosib nishonlanmoqda

O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo viloyat akademik liseyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan "Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur" mavzusida adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda akademik lisey o'quvchilari o'zlari yod olishgan Bobur g'azallaridan, ruboiylaridan parchalar aytib berishdi. Buyuk bobokalonimizning kechmishlari haqida badiiy chiqishlar namoyish etishdi.
Kechada akademik liseyni 2019/2020 o'quv yilida tamomlab, hozirgi kunda harbiy texnika institutida tahsil olayotgan talaba-kursantlar ham ishtirok etishib, lisey o'quvchilariga bilim yurti hayoti va u erdagi ta'lim jarayonidan so'zlab berishdi. O'quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech