3 Oktyabr 2022 yil 271

Boysun tumani ovchilari o‘rtasida masu’llar tomonidan qonunchilik targ‘iboti o‘tkazildi  

Boysun tumani IIBda Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Djalilov, Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Z.Raxmonov va tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash guruhi katta inspektori kichik serjant S.Hayitov, Boysun tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i va O‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Boysun tuman hisobida turgan ovchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘tkazilgan yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasining "Qurol to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respubliaksining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi 2022 yil 31 may kunidagi 772-sonli Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Boysun tumani hisobida turgan ovchilarga Qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, ovchilar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarlik  holatlari ovchilarga yetkazilib, ov qurolidan foydalanish vaqtlarida tartib qoidalarga amal qilishlari, qurolni begona shaxslarga ayniqsa, voyaga yetmagan yoshlarning qo‘llariga bermaslik ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida, ov quroli egalari tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan qo‘shimcha javoblar berildi.

Text to speech