3 Oktyabr 2022 yil 275

Denov tumanida, Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan tijorat va dehqon bozorlarida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan bezorilik, o‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi MTB inspektori mayor M.Qurbonova, Denov tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Lutfullaeva, profilaktika inspektorlari, otinoyilar va bozor hududida savdo qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad bozor hududlarida bezorilik, o‘g‘rilik, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar bir birlari bilan samimiy xushmuomalada va hurmatda bo‘lishlaridan iborat.

Targ‘ibot ishtirokchilari bozor hududida faoliyat olib borayotgan do‘kon va rasta egalariga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bordi. "O‘g‘rilik, firibgarlik va bezorilik jinoyatlaridan ogoh bo‘ling!" mavzusida bukletlar tarqatildi.

Text to speech