20 Iyul 2021 yil 467

Harbiy qismda sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

20 iyul xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha qo'shinlari tashkil topganligining 27 yilligi munosabati bilan 7257-sonli harbiy qismda bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan bayram tadbirida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov va Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilovlar ishtirok etishib, harbiy qism harbiy xizmatchilarini bugungi qutlug'sana munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB tomonidan harbiy qismga televizor sovg'a qilindi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib o'rtasida o'zining munosib hulq atovorda bo'lib, xizmatdoshlariga o'rnak ko'rsatib kelayotgan kichik serjant Norqulov Jasur Abduraxmonovich "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi qo'shin a'lochisi" ko'krak nishoni taqdirlanganligi munosabati bilan ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech