28 Sentyabr 2022 yil 241

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida "kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining "Kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy va jangovar o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Shunday o‘quv mashg‘ulotlaridan biri Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida ham o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida xodimlarning jangovar shayligini oshirish maqsad qilingan bo‘lib, bunda xodimlar PM va AKM qurollarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, saf ko‘rigi, safda yurish mashg‘ulotlarini yanada chuqur o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Text to speech