19 May 2022 yil 226

Xotin-qizlarga huquqlari tushuntirildi

Joriy yilning 18 may kuni tumanning 2-sektori hududi "Taroqli" mahallasida joylashgan Sherobod tuman Pedagogika kolleji binosida tuman masjidi otinoyisi G.Sultonova, tuman Ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi boshlig‘i T.Choriyeva, tuman ichki ishlar bo‘limi JXX XKMB katta inspektori, leytenant S.Xudoyqulova, 8-sonli BMSM direktori, tuman kengashi deputati N.Saidova, 27-umumta’lim maktabi direktori D.Temirova va “Taroqli” mahallasi deputati G.Aminovalar ishtirokida 27-umumta’lim maktabi hamda ushbu kollej xotin-qizlari uchun ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, voyaga yetmagan qizlarning ta’lim olishi, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmushning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Text to speech