1 May 2021 yil 516

Surxondaryoda ichki ishlar organlari yosh xodimlari ilm maskaniga sayohat qilishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabr kunidagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 781-son qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi yoshlar bilan ishlash guruhi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan bir guruh yosh xodimlar bilan birgalikda Termiz shahrida joylashgan Sobir Termiziy nomidagi Markaziy kutubxonaga tashrif buyurishdi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, ichki ishlar organlari yosh xodimlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat bo'lib, kutubxonaga uyushtirilgan sayohat davomida yoshlarga kutubxona mas'ul xodimlari tomonidan kutubxona haqida to'liq va batafsil ma'lumot berildi.
Shundan so'ng bilim olishga chanqoq ichki ishlar organlari yosh xodimlari mazkur kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo'ldilar. Qolaversa kutubxonaning doimiy kitobxoniga ham aylanishdi. Sababi, IIOning yoshlari kutubxonaga a'zo bo'lishib, uch yil davomida ushbu ilmlar bulog'iga kelib, o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Mazkur kutubxonaga uyushtirilgan sayohat ichki ishlar tizimida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlarda ulkan taassurot uyg'otibgina qolmasdan, kelgusida ularning xizmat faoliyatida yuksak ma'naviyatli kadr bo'lib etishishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech