3 Iyul 2020 yil 770

Ichki ishlar organlarida xizmat va ijro intizomi, tanqid va tahlil qilindi

Joriy yilning 29 iyun hamda 1 iyul kunlari Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi mas'ul xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod hamda Qiziriq tumanlari ichki ishlar bo'limi xodimlari va ularning ota onalari, oila a'zolari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.
Mazkur uchrashuvda eng asosiy masala ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va Qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish, xodimlar bilan bog'liq salbiy holatlarning oldini olish, xodimlar tomonidan tamagirlikka yo'l qo'ymaslik masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda so'zga chiqqan boshqarma boshlig'i A.S.Ismoilov, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar amalga oshirilayotganligi, bunda ichki ishlar sohasini xalq manfaatlariga o'z vaqtida va sifatli yordam ko'rsatadigan, har bir xodim ichki ishlar organlari xizmatiga kirish oldidan qilgan qasamyodiga sodiq qolgan holda Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta'minlash yo'lida sadoqat bilan xizmat qilishi zarurligi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, xodimlar tomonidan yo'l qo'yib kelinayotgan kamchiliklar, xususan xizmat intizomiga rioya etmaslik, o'ziga yuklatilgan vazifalarga mas'uliyatsizlik bilan munosabatda bo'lish, eng achinarlisi, turli ko'rinishdagi tamagirlik, zo'ravonlik va boshqa jinoyatlar sodir etilayotganligi, shu bilan bir qatorda hududlarda fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarning etarli darajada olib borilmayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, har bir ichki ishlar organi xodimlarining oila a'zolari bilan suhbat o'tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o'rganilib, mahalliy hokimlik ko'magida ularning ijobiy echimini echish bo'yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Text to speech