19 Yanvar 2022 yil 378

IIB boshlig'i ko'zi ojizlar maktab-internatidagi sharoitlarni o'rgandi

Joriy yilning 18 yanvarida ichki ishlar vaziri tomonidan o'tkazilgan jamoat xavfsizligi va aholi osoyishtaligini ta'minlashga bag'ishlangan videoselektorda IIO mas'ullariga ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlarida ta'lim sharoitlarini yaxshilash bo'yicha topshiriq berilgandi.

Topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Surxondaryo viloyat IIB boshlig'i, polkovnik A.Ismoilov boshchiligidagi ishchi guruh Sho'rchi tumanidagi 125-sonli ko'zi ojizlar maktab-internatida bo'lishdi. U erdagi mavjud sharoitni ko'zdan kechirishdi.

- To'g'ri bu maktab internati o'quvchilarining imkoniyati jismonan cheklangan. Ammo ma'naviy imkoniyati cheklanmagan. Ijodkor o'quvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratib beramiz. O'quvchilarning biri rubobda kuy chalishni o'rgansa, yana biri kompyuter savodxonligini oshiradi. Qo'shiq aytib raqs tushishni istaydigan yoki bo'lmasa til o'rganib fan sirlarini o'rganishni maqsad qilganlar uchun ham sharoit yaratib beramiz, - deya ta'kidladi polkovnik Abduvohid Ismoilov.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech