13 May 2022 yil 287

IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlarining ish o‘rganish amaliyoti yakuniga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda amaliyotni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, 2022-yilning 07-fevral kunidan 14-may kuniga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Probatsiya bo‘limi, Ekspert kriminalistika bo‘limi, Tezkor qidiruv hamkorligi bo‘limi, Termiz shahar va Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha tuman ichki ishlar bo‘limi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 3-o‘quv kursi kursantlarining ish o‘rganish amaliyoti yakuni bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Tashkil etilgan uchrashuvda, Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati, IIV Akademiyasi mas’ul xodimlari, Surxondaryo viloyati Faxriylar kengashi raisi va a’zolari, IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursining kursantlari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Amaliyot davomida, kursantlar tomonidan shaxsiy xavfsizlik choralariga, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya etishlari ta’minlanib, doimiy nazoratga olindi.
Kursantlarga amaliyot dasturini muvaffaqiyatli bajarish, amaliyot faoliyatiga taalluqli ko‘nikmalarni shakllantirish, mutaxassislik bo‘yicha mustahkam kasb mahoratini egallash va takomillashtirish, ijtimoiy, tarbiyaviy hamda tashkilotchilik faoliyati tajribasini orttirishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratib berildi.
Ish o‘rganish amaliyoti yakunida kursantlardan komissiya tarkibida sinovlar qabul qilinib, har bir kursantning faoliyatiga xolisona baho berilib, O‘zbekiston Respublikasi IIV faoliyatini takomillashtirishga oid buyruq, ko‘rsatma va normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal ravishda o‘rganib, ulardan o‘zining kundalik xizmat faoliyatida to‘g‘ri va to‘liq foydalanib, ushbu buyruq va ko‘rsatmalarning talablari asosida xizmat olib borgan, o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalariga vijdonan yondoshib, fuqarolarning huquq va erkilliklari, xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan turli tezkor-qidiruv tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh kursantlar va ulurning ota-onalariga Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech