21 Sentyabr 2021 yil 282

IIV ishchi guruhi tomonidan, Surxondaryo viloyati IIB hududiy bo'linmalarining jangovar shaylik darajalari o'rganildi

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 6 sentyabr kunidagi "IIV hududiy bo'linmalarining jangovar shayligi, xodimlarning xizmat, jangovar hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini o'rganish to'g'risida"gi tegishli Farmoyishi talablari asosida tuzilgan ishchi guruh a'zolari tomonidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hududiy bo'linmalarining jangovar shayligi, shaxsiy tarkibning maxsus-taktik va saf tayyorgarligi, shuningdek maxsus vositalar va o'q otar qurollardan foydalanish ko'nikmalari o'rganilmoqda.
Shunday o'rganish ishlari bugun Jarqo'rg'on va Termiz shahar IIBlarida o'tkazildi.
O'rganish ishlari davomida shaxsiy tarkibni harakatga keltirish, favqulotda holatlarda olib borilayotgan ishlari, nazorat-o'tkazish joylari me'yoriy buyruq talablari asosida jihozlanganligi, epikirovkasi, funktsional majburiyati va vazifasiga doir ko'nikmalarini bilishligi, ularning yonida bo'lishi lozim bo'lgan buyum va hujjatlar mavjudligi, saf elimentlarini bajarishlari, o'q otar qurollarning tuzilishi, jangovar va taktik-texnik xususiyatlariga doir bilim va ko'nikmalari, ularni to'liqsiz qismlarga ajratish va yig'ish amallarini bajarish, hududiy bo'linmalarda mavjud bo'lgan sport inshootlari, jismoniy tayyorgarlik, jangovar tirlarning holatlari, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarni to'xtatish va bartaraf qilish davomida ichki ishlar organlari xodimlari harakatlariga doir ishlar sinchkovlik bilan o'rganildi.
Vazirlik ishchi guruhi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tayyorgarlik darajalarini o'rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech