23 Sentyabr 2021 yil 280

IIV ishchi guruhi tomonidan, Surxondaryo viloyati IIB hududiy bo'linmalarining jangovar shaylik darajasini o'rganish borasidagi ishlari davom ettirildi

Avval xabar qilganimizdek, O'zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishi talablariga asosan, Surxondaryo viloyati Iiolarida o'rganish ishlarini olib borayotgan IIV ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 22 sentyabr kuni Boysun, Qumqo'rg'on, Uzun, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy hamda Sho'rchi tuman ichki ishlar bo'limlarida tashkiliy bo'linma boshliqlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari va kasbiy tayyorgarlik bo'linmalari xodimlari bilan jangovar shaylik, xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligi bo'yicha mahorat darslari o'tkazildi.
Shuningdek, IIBda xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning jangovar shaylik darajasi, saf tayyorgarligi, xizmat kiyimini kiyish qoidalariga rioya qilinishi, maxsus vositalar va o'q otar qurollarni qo'llash ko'nikmalari yuzasidan sinovlar olinib, amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.
O'rganish ishlari davomida, tuman IIB hududida joylashgan sport zallari va "Workout" maydonchalari ko'zdan kechirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech