30 Iyun 2022 yil 211

IIV Surxondaryo akademik litseyida "Inson qadri uchun" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida nazarda tutilgan eng asosiy normalarga oid "Inson qadri uchun" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik B.V.Bo‘riyev va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi F.Yangiboyevlar kiritilgan o‘zgarishlar sharhi bo‘yicha ma’lumotlar berib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqni rozi qilishga qaratilgan harakatlar hamda aholiga yaqindan xizmat ko‘rsatishning qonuniy asoslari haqida so‘zladi. "Davlat, jamiyat-inson tamoyili emas, balki yangi kiritilayotgan "Inson, jamiyat-davlat" tamoyili asosida yangi Konstitutsiya loyihasi haqida ma’limot berib, inson manfaatlari va erkinliklari har narsadan ustun ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir yakunida litsey jamoasi tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech