28 Noyabr 2022 yil 209

IIV Surxondaryo akademik litseyida "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" mavzusida tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov tomonidan imzolangan 2022-yil 20-avgustdagi tegishli farmayishiga asosan noyabr oyi "O‘zbekiston tarixi" fani oyligi deb e’lon qilinishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Minora” mahallasida IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda minora tarixi va shu yerda joylashgan muzey bo‘yicha ma’lumotlar berilib, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan Harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishi namoyish etildi.

Text to speech