4 Fevral 2023 yil 201

IIV Surxondaryo akademik litseyida "Uch avlod" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha IIV Surxondaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi kengashi raisi B.Safarov va kengash a’zolari zahiradagi mayor B.Shadiev hamda V.Avazovlar ishtirokida "Uch avlod" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ular uchrashuvda yoshlarni ma’nan yetuk va barkamol inson bo‘lishga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etib, yoshlar ongida vatanparvarlik hissini keng targ‘ib etuvchi video rolik namoyish etishib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi.

Tadbir yakunida kengash tomonidan IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik B.Bo‘riev va maxsus fan o‘qituvchisi O.Shadievlar "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun" medallari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech