13 Aprel 2021 yil 465

IIV Surxondaryo akademik liseyida kitob yarmarkasi tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risidagi qarorida belgilab o'tilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida IIV Surxondaryo akademik liseyida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
"Hilol filial oilaviy korxona" MCHJ o'zining mingdan ziyod ilmiy-ommabob va badiiy mazmundagi eng yangi adabiyotlari namunalari bilan qatnashdilar. Taqdim etilgan kitoblar o'quvchi yoshlarni kitob o'qishga qiziqishini yanada oshirish maqsadida "farzandlarimizga kitob sovg'a qilaman!"aktsiyasi doirasida akademik liseyda kitoblar yarmarkasi o'tkazildi. Kitoblar yarmarkasida o'quvchilarning ota-onalari farzandlariga kitoblar sovg'a qildilar.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech