30 Aprel 2021 yil 729

Ijtimoiy tarmoqlarda "qonunlar ishlamagandan keyin bilakka erk beriladimi? O'zbekiston musulmonlari idorasidagilar uyalishmasin: Boysunda zo'ravon hoji eshon zulmi kuchaymoqda?"mavzusida tarqalgan maqolalar yuzasidan rasmiy munosabat:

Mazkur holat Boysun tumani ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
2021 yil 14 aprel kuni soat 10:30 larda Boysun tumani "Inkobod" mahallasida yashovchi fuqaro J.O'ktam va q.Abdurahmonlar yashash mahallasi hududida joylashgan "Aslanbek eksklyuziv bog'lari" MChJga qarashli erda Boysun tuman "hunarmadlar" mahallasida yashovchi fuqaro M.Abduvahob hamda M.Abdulhamidlar ilgaridan davom etib kelayotgan er maydoni ustida tortishib janjalashib, janjal vaqtida bir-birlarini qasddan urib tan jarohat etkazishgan.
Natijada, fuqaro J.O'ktam, Q.Abdurahmon, M.Abduvahob va M.Abdulhamidlar tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan.
Hozirgi vaqtda fuqaro J.O'ktam, Q.Abdurahmon, M.Abduvahob va M.Abdulhamidlar olgan tan jaroxatlarining og'irlik darajasini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialiga sud-tibbiy ekspertizalar tayinlangan va yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolar ekspertiza ko'rigidan o'tkazilgan.
Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialining 2021 yil 19 aprel kunidagi xulosasiga ko'ra fuqaro J.O'ktam "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati, fuqaro M.Abduvahob "sog'liqning buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati, M.Abdulhamid esa "engil" tan jarohati olishgan.
Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan 2021 yilning 21 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilgan, tergov harakatlari jarayonida J.O'ktamni M.Abdulhamid va M.Abduvahoblar bir guruh bo'lib tan jarohati etkazishagnligi aniqlangan.
2021 yilning 29 aprel kuni jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi "i" bandiga qayta malakalanib, M.Abdulhamid va akasi M.Abduvahoblar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanganlar.
Hozirgi kunda Boysun tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari olib borilayotganligi ma'lum qilinadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech