27 Sentyabr 2022 yil 246

Qiziriq tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarolarning murojaati va muammolarini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda qonuniy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.X.Ketmonov tomonidan, Qiziriq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha fuqarolar qabul qilindi.

Qabul davomida, 10 nafar fuqaroning murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqilib, protsess ishtirokchilari va qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchilarning yaqin qarindoshlari bilan suhbat ham o‘tkazildi. Suhbat asnosida, fuqarolar tomonidan kelib tushgun masalalar yuzasidan xuquqiy tushuntirishlar berildi.

Text to speech