1 Iyul 2022 yil 231

Qiziriqda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokama etilmoqda.
Bugun Qiziriq tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik 3-sektor rahbari Ismoilov Abduvohid Salomovich hamda tuman hokimi Pardayev Rustam Ubodullayevichlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda sektor rahbarlari tuman Kengash kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputatlari tuman hokimi o‘rinbosarlari korxona va tashkilot rahbarlari tumandagi MFY raislari va xotin qizlar faollari jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi Bosh Qonunga kiritilgan o‘zgarishlar keng muhokama qilindi.

Text to speech