30 Iyun 2022 yil 244

“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” shiori asosida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Xabaringiz bor, hozirda yurtimiz bo‘ylab keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar bo‘yicha qonun loyihasi hamda ushbu loyihaga aholi tomonidan bildirilgan takliflar keng muhokama qilinmoqda. Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida ham ushbu siyosiy jarayonga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan tashkil etilgan Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlarning navbatdagisi Qumqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi. Tuman faollari, faxriylar, xotin qizlar va yoshlar ishtirok etgan tadbirda Bosh qomusimizni bugungi kun talablari asosida takomillashtirish hamda unga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish umumdavlat ahamiyatiga ega muhim masala ekanligi ta’kidlanib, kiritilayotgan o‘zgarishlar tahlil qilib berildi.
“Konstitutitsiyaning yagona manbai va muallifi-xalqdir” degan shior asosida o‘tkazilayotgan muloqotlarda qonun ijodkorlari ham ishtirok etishib Oliy Majlis palatalari tomonidan tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiya, shuningdek Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha fuqarolarning takliflarini qabul qilayotgan meningkonstitutsiyam. Portali, Telegram bot, Coll-markazlar faoliyati xususida ma’lumotlar berishdi.
Sho‘rchi tumanida bo‘lib o‘tgan muloqotda Mahalla raislari yoshlar yetakchilari faol ayollar hokim yordamchilari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillariga targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan endilikda davlat bosh islohotchi emas, xalq ana shu maqomda bo‘lishini ta’minlash uchun konistitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bosh qomusimizda aks etadigan moddalarning ahamiyati hususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Aholi bilan yuzma-yuz uchrashayotgan targ‘ibot guruhi a’zolari bosh qomusimizni takomillashtirish borasida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarning tahlili xalqimizning mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga befarq emasligi-yu, dahildorligi chandon oshganligini ta’kidlashdi.
Aytish kerakki, bu kabi muhokama-munosabat tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida ana shunday uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi, mazkur jarayonlarga halqimiz ham o‘z tashabbus va takliflarini bildirishib, faollik ko‘rsatishayapti. Zero, yangi O‘zbekistonning yangi konstitutsiyasi ertangi farovon turmushimizning poydevoridir.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech