1 Iyul 2022 yil 235

Konstitutsiyaviy islohotlar: Asosiy maqsad - inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlashdir

Joriy yilning 1 iyul sanasida, Boysun tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda, Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan tashkil etilgan navbatdagi Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati X.Xo‘jamqulov, tuman hokimi, sektor rahbarlari, tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
«Konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir»  Konstitutsiya davlatimiz va jamiyatimizning nafaqat bugungi ¬qiyofasi, hayot tarzi, balki kelajagini, ezgu maqsadlarimizning huquqiy zamin va poydevorini belgilab beruvchi hujjatdir.
Unda belgilab qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish, yurtimizda tinch, erkin va obod hayot barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida muttasil ish olib borilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, jamiyatda, har qaysi oila va fuqaro hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan talab va qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi, desak yanglishmaymiz.
Targ‘ibot tadbirida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan ko‘zlangan maqsad, aholi tomonidan bildirilayotgan takliflarning Konstitutsiyaviy komissiyada ko‘rib chiqilishi, qabul qilinishi bo‘yicha olib borilgan ishlar, amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida tushunchalar berildi.

Text to speech