29 Noyabr 2022 yil 255

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 28 noyabr kuni Termiz tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchi yoshlarga Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining xizmat faoliyati aks ettirilgan bukletlar tarqatilib, kerakli tushunchalar berib o‘tildi.

Bundan tashqari o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda yurtimizning boy tarixi va diqqatga sazovor obidalari haqida ma’lumotlar berish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgust kunidagi 669-sonli Qaroriga asosan, kuzatuv xizmatlari asosida ichki sayohatlar tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Text to speech