12 Yanvar 2021 yil 1812

Mardlar qo'riqlaydi Vatanni

"Vatanparvarlik oyligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Bugun ham Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz davlat universiteti o'yingohida o'qituvchi va talaba yoshlar ishtirokida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni oldidan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda dastlab, viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik u.O'taev so'zga chiqib, Vatan himoyasiga kirgan o'g'lonlarimizning jasorati, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng, viloyat IIBning kinologiya, maxsus otryadi va tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari o'zlarining bir-biridan qiziqarli chiqishlari bilan tadbirga o'zgacha ruh bag'ishladi.
Ko'rgazmali chiqishlar kuy-qo'shiqlarga ulandi. Ularda ona Vatan, mardlik va jasorat haqida kuylandi, ayniqsa viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi ma'naviy-tarbiyaviy ishlar va ijtimoiy himoya bo'limi yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori katta leytenant Bekzod Qurbonaliev tomonidan kuylangan "kim yurtidan yovni quvsa mendirman o'sha" qo'shig'i barchaning qalbida vatanparvarlik hissini jo'sh urdirdi.
Tadbirda sohaviy xizmatlar tomonidan foydalaniladigan qurol-aslahalar hamda jangovar va xizmat texnikalarining ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech