14 May 2022 yil 26

Matonat – imkoniyati cheklanganlar uchun imtiyozdir

Shoxsanam Bozorova darsdan bo‘sh vaqtida badiiy kitoblarni mutolaa qilishni xush ko‘radi. Ayniqsa, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sehrli qalpoqcha” asarlarini sevib o‘qiydi. Shoxsanam Bozorova tengdoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zukko kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘ldi.
“Inson qadri uchun” tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Sho‘rchi tumanidagi 125-maktab internati o‘quvchilari o‘rtasida “Matonat” sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvi tashkil etildi.
-“Matonat” sport musobaqasida tengdoshlari bilan shaxmat o‘yinini maroq bilan o‘ynadik, - deydi Sardor Nizomiddinov. - Shaxmat o‘yinini brayl shaxmat doskasi yordamida o‘ynaymiz. Avvaliga guruh bo‘lib musobaqada ishtirok etdik. So‘ng yakka-yakka bo‘lib, o‘zimiz shaxmat o‘ynadik. G‘olib bo‘lishni kutmagandim, ammo g‘alaba uchun astoydil harakat qildim.
Musobaqa g‘oliblariga homiylarning estalik sovg‘alari topshirildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech