13 Noyabr 2020 yil 418

Navbatdagi sayyor uchrashuv Muzrabot tumanida bo'ldi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.Ismoilov 5-noyabr kuni Muzrabot tumani Al-Hakim at-Termiziy mahallasida yashovchi yoshlar va ayollar bilan uchrashdi. Unda 230 nafardan oshiq muzrabotliklar qatnashdi.
Dastlab, sayyor uchrashuvda yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga qiziqtirish maqsadida tadbirkor va hunarmandlar tomonidan kichik biznes va hunarmandchilikning muayyan yo'nalishlari bo'yicha tushunchalar berildi.
Shundan so'ng, aholi murojaatlari tinglandi. Asosan imtiyozli kredit olish, ishga joylashish, uy joy hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorligini kengaytirish va hunarmandchilikni yo'lga qo'yishga doir masalalar ko'tarildi.
Jumladan, Muzrabot tumani Al-Hakim at-Termiziy mahallasida yashovchi fuqaro Hasan Soatov Xasan hunarmandchilik qilish uchun imtiyozli kredit ajratishni, fuqaro Abror Aymuratov esa "Chori bobo Agro" fermer xo'jaligidagi quyonchilik yo'nalishini kengaytirish masalasida, Shohista Ochildieva esa uy-joy masalasida yordam so'rab murojaat qildi. Ana shu kabi murojaatlarning 18 tasi shu erning o'zida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha vaqt talab qiladigan 26 ta murojaat esa nazoratga olindi. Shuningdek ayrim fuqarolarga huquqiy maslahatlar ham berildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech