18 Mart 2023 yil 226

“Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostida umumhalq hayriya hashari

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10-mart kunidagi 111-sonli farmoyishi asosida, Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida 2023 yil 18-mart kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, ta’lim va tibbiyot muassasalari va barcha shahar-tuman IIBlari ma’muriy binolarida hashar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan xashar davomida, xashar ishtirokchilari tomonidan 3000 dan ortiq (1900 manzarali, 1100 mevali) mevali va manzarali ko‘chatlar hamda 5000 dan ortiq gul ko‘chatlari  ekildi, 7000 dan ortiq darxtlar taglari oqlandi, ma’muriy binolar atrofidagi barcha hududlar tozalanib, bo‘yoqlash ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, ma’muriy binolar hovlisidagi bo‘sh yerlarga qayta ishlov berilib, bahorgi ekinlar to‘liq ekildi hamda binolar atrofidagi kichik ariqlar to‘liq tozalandi.

Xashar doirasida, hududlardagi profilaktika inspektorlarining xizmat uylarida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech