3 Iyul 2020 yil 843

Pandemiyaga qarshi kurash, osayishtalik va xavfsizlikni ta'minlash bosh vazifa

Joriy yilning 3 iyul kuni Termiz shahridagi matbuot uyida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik A.Ismoilov ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasining iqtisodiy tarmoqlarga salbiy ta'sirini yumshatish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash borasida qabul qilingan farmon va qarorlari ijrosi hamda vohada osayishtalikni ta'minlashga bag'ishlangan brifing o'tkazildi.
Brifingda er yuzi aholisiga havotirli tashvish o'yg'otgan qaltis vaziyatda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi keltirishi mumkin bo'lgan talofatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar uning salbiy oqibatlarini yumshatishda o'z samaralarini berayotgani qayd etildi. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalariga ta'sirini yumshatishga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Mamlakatimizda karantin qoidalari joriy etilgan dastlabki kundan davlatimiz rahbari tegishli choralarni ko'rib, barcha davlat organlari va mutasaddi tashkilotlarga kechiktirib bo'lmaydigan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Shunga muvofiq viloyat hokimining joriy yil 27 martdagi "aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va havfsizligini ta'minlash, fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish hamda koronavirus infektsiyasini viloyat hududi bo'ylab tarqalishini oldini olish to'g'risida"gi F-69-sonli farmoyishiga asosan viloyat ichki ishlar, mudofaa, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va bojxona boshqarmalari boshliqlarining qo'shma qarori ishlab chiqilib, unga ko'ra viloyat hududida 27 ta hamkorlikdagi blok-postlar tashkil etildi.
Vaqtinchalik tashkil etilgan blok postlarga ichki ishlar, Milliy gvardiya, mudofaa, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va sanitariya epidemiologik osayishtalik markazi xodimlari jalb etilib, qatiy nazorat o'rnatildi. Shuningdek, shahar va tumanlardagi mahallalar kesimida tashkil etilgan 38 ta ichki postlarga ichki ishlar organlari xodimlari jalb etilib, xavfsizlikni ta'minlash choralari Ko'rildi. Voha hududidagi 4 ta chegara-bojxona postlarida sanitariya punktlari faoliyati yo'lga qo'yilib, transport vositalari kirib kelishi to'xtatildi.
Anjumanda ta'kidlandiki, karantin qoidalari joriy etilganidan buyon viloyatda 38 ming 280 shaxs maxsus tayyorlangan binolarda karantinga olinib, hozirgacha ularning 30 ming 995 nafari karantindan chiqarildi. Uy karantiniga olingan 32 ming 917 nafar shaxsning karantin qoidalariga amal qilishini ta'minlash uchun ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari jalb etildi.
Tibbiyot muassasalarida karantin muddatini o'tayotgan fuqarolarning belgilangan qoidalarga amal qilishini ta'minlash uchun ham ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda mudofaa va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari xizmat olib bordi.
Karantin tadbirlariga oid qarorlar ijrosini ta'minlash yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida 21 ming 951 fuqaro ma'muriy javobgarlikka tortildi. Ularning 2 nafari karantin hududini tashlab ketgani, uch nafari vaqtincha to'xtatilgan savdo faoliyatini davom ettirgani, 21 ming 915 nafari tibbiy niqob taqmasdan jamoat joylarida yurgani, 5 nafari ijtimoiy tarmoqda vahima chiqaruvchi yoki asossiz ma'lumotlar tarqatgani va 26 nafari boshqa yo'nalishlarda qoidabuzarlik sodir etgani uchun ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, mototransport vositasini belgilangan tartiblarga zid boshqargan haydovchilarga ham tegishli choralar Ko'rildi. Jumladan, patrul yo'nalishlaridagi xodimlar Termiz shahar hududidagi 38 ta mahalla bo'ylab harakatlanib, targ'ibot ishlarini olib borish jarayonida 16 ming 131 nafar shaxs bilan profilaktik suhbat o'tkazdi, 5518 nafar velosipedchilar ogohlantirildi. Maqsadsiz velosiped boshqarib yurgan 773 nafar fuqaroning velosipedi, 4 ta motoskuter, 1612 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga yopildi.
Hisobot davrida Tojikiston va Afg'oniston respublikalariga Chumchuqlijar-Xayraton-Darband yo'nalishi bo'yicha 572 marta maxsus kuzatuvlar tashkil etilib, tranzit o'tuvchi 3 ming 922 ta yuk tashuvchi transport vositasi 703 nafar yo'l-patrul xizmati inspektorlarining 690 ta patrul avtomobillarida kuzatilib, xavfsizligi ta'minlandi. Korxona va tashkilotlarning talablari asosida 182 ming 49 ta transport vositasida 1 million 568 ming 745 tonnadan ortiq yuk manziliga etkazildi. Xususan, ushbu yukning 15 ming 665 tasi iqtisodiyot,28 ming 802 tasi sanoat 40 ming 801 tasi qurilish va boshqa muhim tarmoq hamda sohalarga tegishlidir.
Mahalla va ko'cha-kuylarda ko'zga ko'rinmas yovning salbiy oqibatlari va undan ehtiyot bo'lish yo'llari xususida keng qamrovli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilgan bo'lsa-da, viloyatda pandemiya boshidan shu kungacha 177 nafar fuqaroda kasallik aniqlandi. Olib borilgan samarali davolash muolajalari natijasida ulardan 71 nafari sog'aydi. 2 nafari vafot etdi. Viloyatda joriy yil 14 iyundan kasallik tarqalishining ikkinchi bosqichi boshlanib, shu kungacha 133 fuqaroda infektsiya bilan zaharlanish qayd etildi. Ularning 28 nafari sog'ayib, uyiga kuzatildi. Hozir 104 nafar kasal davolanmoqda. Bemorlarning uch nafari o'rta og'ir va 101 nafari qoniqarli holatda.
Brifingda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik A.Ismoilov uchinchi sektorda "sahovat va ko'mak" umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga ko'rsatilayotgan yordam, "temir daftar"ga kiritilgan xonadonlarni kambag'allikdan chiqarish, bandlik masalasini hal etish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham atroflicha ma'lumot berdi.
Xususan, vohadagi 3-sektorlarda mavjud 198 ta mahallada 732 ming 283 nafar aholi 122 ming xonadonda istiqomat qiladi. Sektordagi oilalar soni 165 ming 749 tani tashkil etadi.
Uchinchi sekktordagi aholining 408 ming 54 nafari mehnatga layoqatli bo'lib, ulardan 281 ming 464 nafari ish bilan band. 30 ming 161 nafari yoki jami aholining11 foizi ishsiz fuqarolardir.
O'tkazilgan xatlovga ko'ra, sektor hududidagi 9 ming 114 ta ehtiyojmand oilada 40 ming 208 fuqaro yashaydi. Ular guruhlarga ajratilganida 611 nafari o'ta muhtoj, 2 ming 466 tasi muhtoj oilalar va 6 ming 37 tasi vaqtincha muhtoj oilalar ekani ma'lum bo'ldi. Mazkur oilalarning 9 ming 80 nafar a'zosi mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolardir.
Yilning o'tgan davrida ishsiz aholining 6 ming 100 nafari ishga joylashtirilib, muqim bandligi ta'minlandi. Ayni paytda 2 ming 980 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar bandligini ta'minlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ko'rilgan tezkor choralar tufayli pandemiya sharoitida ham yangi loyihalarni ishga tushirish yuzasidan belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda. Yil yakunigacha uchinchi sektor hududida 6 ming 5 ta loyiha ishga tushirilib, 14 ming 793 ta ish o'rni tashkil etish rejalashtirilgan. Hozir bandligi ta'minlanmay turgan 2 ming 980 ehtiyojmand ishsizni ushbu korxonalarga ishga joylashtirish belgilab olingan.
Mamlakatimizda karantin joriy etilganidan buyon sektor hududidagi ehtiyojmand oilalardagi 7 ming 770 shaxsga 6 mlrd 447 mln 405 ming so'mlik turli xildagi yordam ko'rsatildi. Uch marta 1 mlrd 623,7 mln so'mlik 13 turdagi oziq-ovqat mahsuloti berildi. 121 ta oilaga 828 mln 400 ming so'mlik 121 bosh qoramol tarqatildi. 77 ta oilaga 575 mln 639 ming so'mlik 1,5-2 sotihli 77 ta issiqxona qurib berildi. 351 ta oila 110 mln 805 ming so'mlik 66 ming 933 ta parranda bilan ta'minlandi. 49 ta oilaga 194 quti asalari uyasi taqsimlandi. 194 oilaga 152.703 mln so'mlik pul shaklidagi moddiy yordam ko'rsatildi. 155 oila 193.780 mln so'mlik boshqa yordamlardan bahramand bo'ldi.
"Sahovat va ko'mak" umumxalq harakati doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi 1 ming 305 ta xonadonga homiylik yordami ko'rsatdi.
Uchinchi sektor hududida kambag'allikni qisqartirish uchun ishsiz aholining xoxishiga ko'ra takroriy ekin ekish uchun g'alladan bo'shagan 609 gektar er maydoni 1 gektardan ajratib berildi.
Brifingda shuningdek, uchinchi sektorda faoliyat yuritayotgan "tomorqa xizmati" MCHJlarning ehtiyojmand odamlar turmush darajasini oshirishdagi ahamiyati, davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari asosida tadbirkorlik sub'ektlariga berilgan imtiyoz va pereferentsiyalar to'g'risida ham atroflicha ma'lumot berildi. Faoliyati qisman yoki to'liq to'xtagan korxonalarni qayta tiklash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech