22 Yanvar 2021 yil 447

RASMIY MUNOSABAT: "Diyor24" telegramm kanalida

2021 yilning 20 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarning "Diyor24" telegramm kanalida "mansabdor shaxsning farzandi jinoyat sodir etib, jazodan qutulib qoladimi: Denovda qo'lga olingan uzunlik shaxs ochiqqa chiqarilgan" sarlavhasi ostida, tarqalgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani bo'yicha IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganida quyidagilar aniqlandi.
Dastlabki to'plangan hujjatlarga ko'ra, 2021 yil 11 yanvar kuni soat tahminan 19:30 larda uzun tumani "Yorhakim" mahallasida yashovchi fuqaro S.A. Denov tumani O'zbekiston SIU "Vodiy" mahallasi Oltin vodiy ko'chasi 56-uyda yashovchi fuqaro B.B. va uning oila a'zolarining yashash uyida yo'qligidan foydalanib, kalit tanlash yo'li bilan, fuqaro B.B. ning uy-joyiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, yashash uyining yotoqxonasida joylashgan kiyim javonidan qimmatbaho buyum va pul mablag'larini qidirayotgan vaqtida, ushbu xonadon vakillari fuqaro B.B. turmush o'rtog'i q.S. hamda farzandlari bilan kirib qolishib, fuqaro S.A. ni ushlashgan.
Fuqaro A.S. o'zganing mulkini, uy-joyga g'ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda o'g'irlash bilan bog'liq jinoyatni o'ziga bog'liq bo'lmagan holda oxiriga etkaza olmay qolgan.
Hodisa sodir bo'lgan joydan fuqaro A.S. ga tegishli bo'lgan kalitlar shodasi va bir juft qo'lqoblar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Shuningdek, ushbu hodisa jarayonida fuqaro A.S. qo'lga tushmaslik maqsadida fuqaro B.B.ga karshilik kursatib tan jaroxati etkazganligi bois, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan 2021 yil 14 yanvar kuni fuqaro S.A. ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xozirgi kunda jinoyat ishi bo'yicha fukaro A.S. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Fuqaro A.S. mukaddam shunga o'xshash jinoyatni sodir qilganligi uchun uning harakatlarida JKning 25, 169-modda 3-qismi "a" bandi bilan malakalanib, 2021 yil 22 yanvar kuni "qamoqqa olish" extiyot chorasi ko'llanilgan.
Shuningdek, hodisa joyida mavjud bo'lgan fuqaro A.S. tomonidan boshqarib kelingan, uning onasi fuqaro S.D. ga tegishli bo'lgan kobalt rusumli transport vositasini, hozirgi kunda Denov tumani bo'yicha IIO FMB ning ma'muriy binosida tergov ixtiyorida saqlanayotgan bo'lib, transport vositasining taqdiri bo'yicha dastlabki tergov yakuni bilan huquqiy baholanib, qonuniy qaror qabul qilinadi.
Xozirgi vaqtda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech