4 Avgust 2021 yil 708

Rasmiy munosabat: "Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Turmushobod mahallasida kuyovi tomonidan do'pposlangan Ra'no..."sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Turmushobod mahallasida 2021 yil 30 iyul kuni kuyovi tomonidan do'pposlangan Ra'no Xolova" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan, Sariosiyo tumani ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
Sariosiyo tumanida 2021 yil 30 iyul kuni soat taxminan 08:30 larda "Turmushobod" mahallasida yashovchi fuqaro X.Ra'no tuman hududidagi bozorda kuyovi X.Sayyodni nevarasi bilan gaplashib turganidan norozi bo'lib, oldindan kelishmovchiligi sababli kuyoviga "...qo'lingni ol boladan"-deb, gapirganda, kuyovi fuqaro X.Sayyod jahli chiqib, qaynonasi X.Ra'noni qo'li bilan bosh sohasiga bir musht urib tan jarohati etkazadi. Natijada X.Ra'no tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Mazkur xolat yuzasidan, uzun tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech