5 Oktyabr 2021 yil 96

Rasmiy munosabat: "Surxondaryoda fuqarolar o'rtasida jangga aylangan janjal..."sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryoda fuqarolar o'rtasida jangga aylangan janjal..."sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan, Sho'rchi tumani ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
Sho'rchi tumanida 2021 yilning 27 sentabr kuni soat 17:00 lar chamasida jamoat joyi hisoblangan tumanning "Guliston" mahallasi hududidagi aholi yashash manzilida, tumanning "Ozod" mahallasida yashovchi, Sh.Yo'lli va tumanning "Guliston" mahallasida yashovchilar, Sh.Mengtosh, uning qizlari, P.Mohira hamda T.Mahliyolar bilan o'zaro bir guruhga birlashib, tumanning "Shakarko'l" mahallasida yashovchilar, V.Salohiddin va B.Saidislomlar bilan o'zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, V.Salohiddin va B.Saidislomlarni urib, bezorilik jinoyatini sodir etishgan. 5 oktabr kuni Sh.Yo'lli, Sh.Mengtosh, P.Mohira hamda T.Mahliyolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma'lum qilinadi va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech