27 Noyabr 2022 yil 234

Sariosiyo tumanida "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Sariosiyo tumanida O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, vatan ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy axloqiy fazilatlarni qaror toptirish, mamlakatimizning barcha sohalari uchun jonkuyar, halol, o‘z kasbiga sadoqatli va yetuk kadrlar zahirasini shakillantirishga qaratilgan ishlar, kelgusi vazifalar yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda 49543-harbiy qism Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari kapitan O.Oydinov, tuman IIB bo‘limi xodimi N.Majidova hamda Sariosiyo va Uzun tuman yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Shuningdek, seminar davomida yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega ekanligi, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha o‘ziga xos noyob va yaxlit tizim yaratilayotganligi borasida so‘z yuritildi.

Text to speech