4 Fevral 2023 yil 182

Sherobod tumani 3-sektor rahbari xalq orasida

Sherobod tumani 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov "Nurtepa" mahallasidagi "Ayollar daftari"ning 4-bosqichi xatlov jarayoni bo‘yicha xonadonma-xonadon yurib, aholining muammolarini o‘rgandi.

Hozirgi kunda "Nurtepa" mahallasida 535 ta xonadon 3070 nafar aholi mavjud bo‘lib, shundan 1516 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. 

O‘rganish jarayonida mahallaning Iso Termiziy ko‘chasi 58-uyda istiqomat qiluvchi Abdulaliev Husan xonadonidagi o‘rganish jarayonida, fuqaroning qizi 1984-yilda tug‘ilgan 2-guruh nogironi Abdulalieva Matluba "Ayollar daftari"ning 4-toifasi 1-2 guruh nogironligi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar toifasiga kiritish uchun ro‘yxatga olindi hamda fuqaro Abdulalieva Matlubaning yashash sharoiti o‘rganilib, kelgusida tadbirkorlik qilishi uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi berilishini ma’lum qildi.

Text to speech