27 Noyabr 2022 yil 201

Sherobod tumanida “Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam” aksiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 26 noyabr kuni Sherobod tumanida erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan tuman xokimligi, Xalq ta’limi, sportni rivojlantirish bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tumandagi sport maktabi bilan hamkorlikda aksiya o‘tkazildi. Unda tuman Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi, ta’lim muassasasi xodimlari faol ishtirok etishdi.

Mazkur marafon Sherobod tumani “Navoiy” ko‘chasidan boshlanib, “Toshkent”, “Mustaqillik”, “8 mart” ko‘chalari bo‘ylab davom ettirildi. Shuningdek, sport maktabi futbol maydonida badantarbiya mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. Marafon ishtirokchilari sportning stol tennisida ham o‘zlarini chiniqtirishdi.

Text to speech