6 Aprel 2021 yil 612

Sport - sog'lom turmush garovi

"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kunidagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmoni hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining 2020 yil 10 noyabr kunidagi viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, dastur ishlab chiqildi.
Mazkur dasturda "ichki ishlar organlarida mavjud moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan ta'minlash" vazifasi yuklatilgan bo'lib, shuhar-tuman ichki ishlar bo'limlarida mavjud sport zallarini bosqichma-bosqich ta'mirlash hamda sport anjom va uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 4 aprel kuni Boysun tumani IIB balansida bo'lgan sport zaliga (Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashida yig'ilib boriladigan mablag'i hisobidan) sport jihozlari harid qilinib, Boysun tumani ichki ishlar bo'limida xizmatni o'tovchi shaxsiy tarkibi tomonidan muntazam ravishda jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazib borishlari uchun topshirildi.

Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati

Text to speech