4 Iyun 2023 yil 253

Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari g‘oliblar safida

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Sportni rivojlantirish, Madaniyat, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining "Umumta’lim hamda kasb-hunar ta’limi muassasalarida "Yosh qutqaruvchi" ko‘ngillilar klublarini tuzish hamda o‘quvchilar o‘rtasida "Yosh qutqaruvchi” musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga muvofiq joriy yilning 26-29 may kunlari Jizzax viloyatida "Yosh qutqaruvchi" musobaqasining respublika bosqichida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi  Surxondaryo Akademik litseyining “Lochin” jamoasi munosib ishtirok etdi. Akademik litsey jamoasi musobaqaning estafeta va yuqori qavatlarda ishlash nominatsiyalarida 1-o‘rinni egallab, respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoalar orasida umumjamoa xisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

2023 yil 31 may kuni Termiz temir yo‘l vokzalida akademik litsey o‘quvchilaridan iborat g‘olib jamoa a’zolari Lochinlar karnay-surnaylar sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.

Kutib olish jarayonida g‘oliblarimizni tabriklash uchun Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qodirov Nurali Usmonalievich, IIV Surxondaryo Akademik litseyi direktori podpolkovnik Bo‘riev Baxtiyor Vaxobovich, viloyat IIB faxriylar kengashi azosi iste’fodagi mayor Shodiev Bo‘ri Shodievichlar so‘z olib, g‘olib o‘quvchilarni yutuq bilan tabriklashdi. Kelgusidagi o‘qishlarida muvoffaqiyatlar tilashdi.

Text to speech