23 Mart 2023 yil 158

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlariga  qayta  ishga tiklangan xodimlar va ularning ota onalari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish masalasi muhokama qilindi

Joriy yilning 22-mart kuni Surxondaryo viloyati  ichki ishlar boshqarmasida Prezidentimizning 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–81-son qarori va O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi boshlig’i,podpolkovnik SH. Shodiyev, O‘zbekiston respublikasi IIV SHXXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q. Samandarov  va boshqa mas’ul rahbarlar ichki ishlar organlarida qayta ishga tiklangan xodimlar o’rtasida  korrupsiyaning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan tashkiliy-amaliy ishlarni monitoring qilib borish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish  vazifalari xususida so‘z yuritdilar.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech