19 May 2022 yil 222

Surxondaryo viloyati IIB Mutaxassis psixologlari tomonidan xodimlarning oilasidagi muammolarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar bilan hamkorlikda “xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlaridagi ayol xodimalarining oilasini, turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadiga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
O‘tkazilayotgan suhbat asnosida asosiy e’tibor, mutaxassis psixologlar tomonidan xodimlarning oilasidagi muammolarni o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish ko‘zda tutilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech