30 Iyun 2022 yil 213

Surxondaryo viloyati IIBda “Intizom oyligi” doirasida xodimlar bilan seminar- trening mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan “Temir intizom va halollik muvaffaqiyat kaliti” shiori ostidagi “Intizom oyligi” doirasida xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar va jasur etib tarbiyalash, ichki ishlar organlarida “Temir intizom”ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasida viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan ishlash borasida ham bir qator samarali chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida psixokorreksion mashg‘ulot va seminar treninglar o‘tkazildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, shaxsiy tarkibning stress va depressiv holatlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish hamda jamoada sog‘lom ruhiy holatni ta’minlash, ularning salomatligini muhofaza qilish, oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Ushbu o‘tkazilgan seminar trening mashg‘ulotida, ichki ishlar organlarida faoliyat olib boriyotgan xodimlar faol ishtirok etishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech