10 Avgust 2022 yil 314

Surxondaryo viloyati IIBda merganlar bellashuvi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida 9 mm Makarov to‘ponchasini to‘liqsiz qismga ajratish va qayta yig‘ish hamda jangovar quroldan o‘q otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari o‘qotar qurollardan maxsus harakatlarda mohirona hamda samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirish, tabel qurolidan to‘g‘ri foydalanish, to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish, jangovar quroldan o‘q otish bo‘yicha mahoratlarini namoyon etishdi.

Murosasiz va keskin ruhda bo‘lib o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lgan hamda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech