18 Iyun 2022 yil 316

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktabrdagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Joriy yilning 18 iyun kuni boshqarmada o‘tkazilgan ma’naviyat va ma’rifat darsidan so‘ng boshqarmada xizmat qilayotgan xodimlar badiiy adabiyotlarni harid qilishlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning bilim va malakalarini boyitish fikrlash doirasini kengaytirish, xodimlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy hamda huquqiy savodxonliklarini oshirishdan iboratdir.
Tashkil etilgan kitob yarmarkasida xodimlar o‘zlari sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning sara ijod namunalari aks etgan kitoblardan nafaqat o‘z ehtiyojlari uchun balki viloyat Ichki ishlar boshqarmasi kutubxonasining kitob fondini boyitish maqsadida ham kitoblar harid qilishib, o‘z nomlaridan kutubxonaga esdalik tariqasida sovg‘a qilishdi.
Ma’lumot uchun bu kabi kitob yarmarkalari boshqarma rahbariyatining tashabbusi bilan haftaning har shanba kunlari o‘tkazilib kelinadi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech