3 Iyun 2023 yil 194

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ichki ishlar organlari – xalqchil tuzilma” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 3 iyun kuni “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ichki ishlar organlari – xalqchil tuzilma (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qarori)” mazmun mohiyati mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan IIV Surxondaryo akademik litseyi Huquq fanlari o‘qituvchisi Orzumurod Shodievning ma’ruzasi tinglandi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech