3 Fevral 2023 yil 176

Surxondaryo viloyati IIBda jinoyatchilikni barvaqt jilovlash masalasida videselektor tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3 fevral kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining kichik majlislar zalida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida videoselektor tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruh rahbar va a’zolari, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tezkor xizmat xodimlari hamda shahar-tuman IIB studiyalaridan IIB boshliqlari, soha xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘tkazilgan yig‘ilishda, asosiy e’tibor barcha turdagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olish, giyohvand vositalariga qarshi kurashish, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIVligining tegishli farmoyishi asosida Respublikamiz hududlarida 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarining tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida faollikni kuchaytirgan holda ta’lim muassasalarida, mahallalarda, temir yo‘l va avtovokzallarda, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va boshqa masalalar yuzasidan rahbar va masu’llar tomonidan yo‘riqnomalar hamda tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek yig‘ilishda, IIV ishchi guruhi tomonidan joylarda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyatchilikni jilovlash va oldini olish borasida amalga oshirayotgan faoliyatlarini o‘rganish ishlarini olib borishini ma’lum qilindi.

Text to speech