3 Iyun 2023 yil 259

Surxondaryo viloyatida 3- sektor rahbariga biriktirilgan yoshlar uchun sayohat tashkil etildi

Xabaringiz bor Prezidentimizning ko‘rsatmasiga asosan hududlardagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular uch toifaga ajratildi. Shu asosda  davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar qatlami shakllantirilib mas’ullar oldiga ular bilan manzilli ishlash vazifasi qo‘yildi. 

Ana shu topshiriq ijrosi doirasida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Muzrabot tumanidagi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan maqsadli tashabbuslarni amalga oshirmoqda.

Bir muddat avval  viloyat 3 sektor rahbari o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ular tomonidan bildirilgan fikr, taklif va muammolarning yechimiga kirishgan edi. 

Shuni alohida ta’kidlash joizki sektor rahbariga biriktirilgan 50 nafar “qizil” toifadagi yoshlarning 40 nafarida “birinchi” va “ikkinchi” guruh nogironligi mavjud, qolganlari  profilaktik hisobda, probatsiya nazoratida turgan yoshlardir. Ularning muammolari sohalar kesimida tahlil qilinganda esa 40 nafari tibbiy yordamga muxtojligi, 4 nafari probatsiya nazoratidan ozod etishni, 2 nafari to‘lov kontrakt 1 nafari ish masalasida 2 nafar takroriy ekin ekishi uchun yer so‘raganligi “yo‘l xarita”ga kirtildi. Sektor rahbari tashabbusi bilan yoshlar dastlab Muzrabot tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli 50-sonli “To‘da” Oilaviy poliklinikasida  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.  Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, yoshlarning 19 nafari ambulator davolanish, 6 nafari tuman tibbiyot birlashmasida statsionar davolanish, 6 nafari viloyat miqyosidagi statsionar davolanishga va  2 nafariga sanator va reabilitatsiya markazlariga davolanish uchun tavsiyalar berildi. Va ular zarur bo‘lgan birlamchi dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida ham ularning takliflariga asosan muqaddas qadamjolar Termiz shahrida joylashgan Al-Hakim At-Termiziy ziyoratgohi hamda tarixiy ahamiyat kasb etgan muzeylar bo‘ylab  sayohatlar, ta’lim muassasalariga tashriflar tashkil etildi.

Bundan tashqari yoshlarni kelajak kasblariga qiziqtirish shu orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida, Angor tumanida faoliyat olib borayotgan “Ishga marhamat” monomarkazga olib kelindi. U yerdagi 22 ta yunalish bo‘yicha ta’lim berayotgan o‘qituvchi va murabbiylar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Hatto aksariyat yoshlar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishda amaliy mashg‘ulotlar xam o‘tadi.

Albatta bu kabi hayrli ishlar jamiyat vakillarining roziligiga sabab bo‘lib mutasaddilarning umri va kasbidan mazmun topishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Text to speech